O'zbekiston

Sirdaryoda “Sultonhovuz” suv ombori quriladi

110 ming gektar yerda yiliga 2 marta hosil olish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryoda “Sultonhovuz” suv ombori quriladi

Sirdaryo viloyatida ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida “Sultonhovuz” nomli yirik suv ombori barpo etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu loyiha kelgusi yildan Boyovut tumanida boshlanishini ma’lum qildi. Omborning umumiy sig‘imi 100 million kub metrga teng bo‘ladi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, suv ombori ishga tushgach, Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi jami 110 ming gektar yerda yiliga ikki mahal hosil olish imkoniyati yaratiladi. Bu esa viloyatning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sezilarli o‘sishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Prezident meliarativ holatni yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlar berdi. Jumladan, viloyatdagi 16 ming kilometr uzunlikdagi zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash belgilandi. Shuningdek, hozirda 200 ming gektarga yaqin ekin yerlarining kuchli yoki o‘rta darajada sho‘rlangani ta’kidlanib, sho‘rlangan yerlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha pilot loyiha Sirdaryoda sinovdan o‘tkaziladi.

 

Sessiyada suv hisobini yuritish tizimini takomillashtirish masalasi ham ko‘tarildi. Mas’ullarga Sirdaryoni suv resurslari boshqaruvi bo‘yicha namunali hududga aylantirish vazifasi yuklatildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda “Sultonhovuz” suv ombori quriladi | Zamon.uz