O'zbekiston

Toshkentda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosida NNTlar roliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Ishtirokchilar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samarasi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarini muhokama qilib, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Toshkentda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosida NNTlar roliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

 

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning ijrosini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat organlari, vazirlik va idoralar, NNTlar, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Qayd etish joiz, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, inson manfaatlari va jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab olishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Prezidentning 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” PF-158-son Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarini strategiyaning amalga oshirilishiga keng jalb etish, monitoring jarayonida ishtirokini taʼminlash alohida qayd etilgan.

 

Shu munosabat bilan NNTlarning — jamiyatdagi faol, mustaqil, tashabbuskor institut sifatidagi o‘rni yana-da ortmoqda. Davra suhbatida mazkur hamkorlikni mustahkamlash, hamkorlik mexanizmlarini aniq belgilash va kelgusi qadamlar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

 

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — xalq strategiyasi ekani, islohotlarning markazida inson manfaati turishi lozimligi, jamiyat fikri, fuqarolar nazorati va NNTlar faoliyati strategiya ijrosini baholashda muhim mezon ekani, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish bugungi kunning eng muhim talabi ekani yuzasidan fikr yuritdi.

 

–  Islohotlar markazida inson turgan joyda strategiya muvaffaqiyatli bo‘ladi. Hozirgi global sharoitda hech bir davlat islohotlarni yolg‘iz amalga oshira olmaydi. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamjihatlik, ochiq muloqot va o‘zaro ishonch — samarali boshqaruvning asosiy mezoniga aylandi. Shu bois, fuqarolik jamiyati institutlarining roli bugun amaliy davlat siyosatining o‘zagidir.

 

Huquqiy demokratik davlat qurishda fuqarolik jamiyatining o‘rni zamon talabi. Davlat boshqaruvining samaradorligi endi faqat ichki jarayonlarga emas, balki davlatning qay darajada eshitishi, tushuntirishi va hisobdor bo‘lishiga bog‘liq, – dedi Eldor Tulyakov.

 

Tadbir davomida strategiyadagi maqsad va ko‘rsatkichlarning izchil, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rganish maqsadida ishga tushirilgan maxsus onlayn portal – “uzbekistan2030.uz” haqida ham maʼlumot taqdim qilindi.

 

Taʼkidlanganidek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan yuritiladigan ushbu platforma orqali aholi Strategiya va Davlat dasturlarining ijrosi, shuningdek, har bir maqsad va ko‘rsatkichlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega. O‘z navbatida, Markaz xodimlari barcha taklif va tashabbuslarni umumlashtirib har oyda Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi.

 

Shuningdek, har yili BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un holda strategiyaning amalga oshirilishi tahlil qilinib, jamoatchilikka eʼlon qilinadi. Tadbirda mazkur platforma taqdimoti o‘tkazilib, uning imkoniyatlari, jamoatchilik fikrini taqdim etishi, Strategiya va Davlat dasturlari ijrosi haqidagi ochiq maʼlumotlar, fuqarolar fikrini to‘plash mexanizmi va loyihalarning batafsil statistik maʼlumotlarini eʼlon qilib borilishi tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.

 

Davra suhbatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xodjayeva o‘z nutqida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida mustaqillik yillaridan buyon yaratilgan huquqiy baza, 2016 yildan boshlangan yangi rivojlanish bosqichi, Prezident farmonlarining ahamiyati, qonun ijodkorligi va parlament nazoratida fuqarolik jamiyati instituti ishtirokining kengayishi, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, qonunlar sifatini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

– Parlament va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va hamkorlikni kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

 

Bugungi kunda bu borada faoliyatimizning tashkiliy-amaliy mexanizmlari yaratilgan.

 

Jumladan, Qonunchilik palatasining har bir qo‘mitasi huzurida Jamoatchilik kengashlari tashkil etilgani fuqarolik jamiyati institutlarining norma ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlaridagi ishtirokini yana-da kengaytirdi, – dedi Spiker o‘rinbosari.

 

Shuningdek, tadbir davomida vazirlik va idoralar vakillari ham so‘zga chiqib “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturlari ijrosi doirasida bajarilayotgan islohotlar va ularning xalqimiz hayotidagi ahamiyati xususida fikr yuritdi.

 

Xususan, energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “yashil energetika” loyihalari va mazkur jarayonda jamoatchilik hamkorligining ahamiyati, aholi o‘rtasida energiya tejamkorligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, NNTlar bilan amalga oshirilgan ekologik va ijtimoiy loyihalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasining jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni oshirishda NNTlarning qo‘llab-quvvatlovchi roli, ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli yangi tashabbuslar, suv resurslarini tejash madaniyatini oshirish, NNTlar bilan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

Davra suhbati yakunida NNTlar uchun yangi grant mexanizmlarini shakllantirish, davlat organlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini takomillashtirish, jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini yana-da kuchaytirish, ekologik va ijtimoiy dasturlarda NNTlar ishtirokining samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning milliy strategiyalarini amalga oshirishda xalqaro tajribadan foydalanish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Axborot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosida NNTlar roliga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi | Zamon.uz