Jahon

AQSh immigrantlar uchun ish ruxsatnomalarining amal qilish muddatini qisqartirdi

Immigrantlar holatini muntazam tekshirib borish maqsadida ish ruxsatnomalari qisqa muddatga beriladi.

AQSh immigrantlar uchun ish ruxsatnomalarining amal qilish muddatini qisqartirdi

 

Qo‘shma Shtatlar hukumati qochqinlar, boshpana so‘rovchilari va boshqa immigrantlarga ish ruxsatnomalarini berish tartibini qayta ko‘rib chiqdi. Yangilangan talablarga ko‘ra, mazkur hujjatlarning amal qilish muddati 5 yildan 18 oygacha qisqartirildi.

 

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati ma’muriyati ta’kidlaganidek, ushbu chora-tadbirlar mamlakatda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan. Tashkilot direktori Jozef Edlouning ma’lum qilishicha, ruxsatnomalar muddatini qisqartirish murojaat etuvchilarning huquqiy holatini muntazam ravishda baholab borish imkonini yaratadi.

 

“Bu Qo‘shma Shtatlarda ishlashga intilayotgan shaxslar jamiyat xavfsizligiga tahdid solmasligini ta’minlaydi. Avvalgi ma’muriyat davrida mamlakatga kirishga ruxsat olingan shaxs tomonidan Milliy gvardiya xizmatiga uyushtirilgan hujum shundan dalolat beradiki, tekshiruvlarni tez-tez amalga oshirish zarur,” — dedi Edlou.

 

Yangi qoida qochqin maqomini olganlar, boshpana berilganlar, chiqarib yuborish jarayoni to‘xtatilgan shaxslar hamda boshpana olish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilayotganlarga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zgarishlar 5-dekabrdan boshlab kuchga kirdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.