O'zbekiston

Buyuk Britaniya va Norvegiya dengizda Rossiyaga qarshi dengiz ittifoqini tuzdi

Ittifoqqa 13 ta harbiy kema birlashgan.

Buyuk Britaniya va Norvegiya dengizda Rossiyaga qarshi dengiz ittifoqini tuzdi

Britaniya va Norvegiya Rossiya tomonidan suv osti kabellariga xavf kuchaygani sababli ularni himoya qilish, Rossiya suv osti kemalarini ovlash va Shimoliy Atlantikadagi ahamiyatga ega infratuzilmalarni himoya qilish uchun ittifoq tuzdi. Ittifoqqa 13 ta harbiy kema birlashgan.

 

Bu kelishuv avvalgi, avgust oyida Norvegiya Britaniyada ishlab chiqarilgan kamida beshta fregatni sotib olish bo‘yicha tuzgan 11 milliard yevrolik shartnomadan keyin imzolanmoqda. Rasmiylarning aytishicha, Norvegiya kemalari va sakkizta Britaniya kemasi NATOning shimoliy qanoti bo‘ylab dengizlarda birgalikda harakat qiladi.

 

Tomonlarning maʼlum qilishicha, bu kelishuv ikki davlatga o‘zlarini birgalikda himoya qilish imkonini beradi.

 

Starmer “tarixiy” deb atagan va payshanba kuni Londonda ikki davlat mudofaa vazirlari tomonidan rasman imzolangan ushbu bitimga ko‘ra, Buyuk Britaniya Qirollik Harbiy-dengiz floti o‘zining sirtqi kemalari uchun Norvegiya raketalaridan foydalanishga rozilik bergan.

 

“Yangi tahdidlar davrida, ayniqsa Rossiyaning Shimoliy Atlantikadagi faolligi ortib borayotgan bir paytda, bizning kuchimiz — qatʼiy harbiy salohiyat va mustahkam ittifoqlardir”, — dedi Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili.

 

Britaniya so‘nggi ikki yil ichida Rossiya harbiy-dengiz faolligi o‘z suvlarida 30 foizga oshganini bildirgan.

 

NATOning kiber va gibrid tahdidlar bo‘yicha katta eksperti o‘tgan yil oxirida Yevropadagi suv osti kabellariga qilinayotgan doimiy hujumlarni “G‘arb infratuzilmasiga eng faol tahdid” deb atagan edi.

 

NATOning Innovatsiya, Gibrid va Kiber bo‘yicha vaqtinchalik bosh kotib o‘rinbosari Jeyms Appaturayga ko‘ra, aloqa kabellariga qilingan va alyans tomonidan Rossiyaga nisbat berilgan so‘nggi hujumlar Yevropaga qarshi kiber, gibrid va boshqa tajovuzkor faoliyatning keskin oshganidan dalolat beradi.

 

Noyabr oyining boshida Shvetsiya va Litva o‘rtasidagi, shuningdek Germaniya va Finlyandiya o‘rtasidagi Baltika dengizidagi ikki kabelning uzilishi NATO va aʼzo davlatlar orasida sabotaj ehtimoli borligi haqida keskin tashvish uyg‘otdi.

 

                                                                                                                                                      Shohjahon Majidov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buyuk Britaniya va Norvegiya dengizda Rossiyaga qarshi dengiz ittifoqini tuzdi | Zamon.uz