O'zbekiston

Farg‘ona va Namanganda uch nafar hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Ular yer maydonlarini rasmiylashtirib berish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.

Farg‘ona va Namanganda uch nafar hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tuman hokimi o‘rinbosari 8 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha, u Beshariq tumanida yashovchi fuqaroga “elektron onlayn auksion” platformasi orqali ijara asosida yutib olingan 2,4 sotix yer maydonini boshqa shaxsga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni va’da qilgan.

 

Namangan shahar hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlik masalalari bo‘yicha yordamchisi “Yashil makon” loyihasi doirasida ajratilgan 8 sotix yer maydoni uchun dalolatnoma rasmiylashtirib berish, bir yil o‘tgach yer toifasini turar-joy toifasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, buning evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilgan vaqtida ushlangan.

 

Huddi shunday holat Yangi Namangan tumanning boshqa bir mahallasida ham aniqlangan. Tuman hokimi yordamchisi davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonining hujjatlarini rasmiylashtirishni va’da qilib, 16 ming AQSh dollari talab qilgan. Shundan 6 mingini olgan vaqtida jinoyat alomatlari bilan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu shaxslar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘ona va Namanganda uch nafar hokim yordamchisi pora bilan ushlandi | Zamon.uz