O'zbekiston

Metro tarmoqlari uzunligi 103 kilometrga kengaytiriladi

2030-yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizga yetkaziladi.

Metro tarmoqlari uzunligi 103 kilometrga kengaytiriladi

 

Prezident qarori bilan Toshkent shahrida transport tizimini boshqarishni takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilandi. Hujjatda poytaxt transport infratuzilmasini 2030-yilgacha modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

 

Mazkur rejaga ko‘ra:

 

  • jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi;
  • avtobuslar harakat tezligi o‘rtacha 18 km/soatdan 24 km/soatgacha oshiriladi;
  • avtomobillar uchun 150 ming o‘rinli to‘xtash joylari tashkil etiladi;
  • metro tarmoqlari uzunligi 103 kilometrga yetkaziladi.

 

Shahar transporti va yo‘l infratuzilmasini boshqarishga mas’ul Yo‘l harakatini tashkil etish markazi barpo etiladi. U transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini zamonaviy raqamli hamda “yashil” texnologiyalar yordamida monitoring qilib, shahar transport master-rejasini ishlab chiqadi.

 

Shuningdek, hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish va Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yo‘l o‘tkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining to‘xtab turish joylarini tashkil qilish kabi vazifalar belgilandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Metro tarmoqlari uzunligi 103 kilometrga kengaytiriladi | Zamon.uz