Jahon

Modi bir vaqtning o‘zida ham Moskva bilan ham Vashington bilan muzokaralar olib bormoqda. U kimga yon bosadi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4-noyabr kuni  Rossiya-Hindiston sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga tashrif buyurdi. Uni aeroportda bosh vazir Narendra Modi kutib olgan.

Modi bir vaqtning o‘zida ham Moskva bilan ham Vashington bilan muzokaralar olib bormoqda. U kimga yon bosadi?

 

“Reuters” agentligining yozishicha, ularning maqsadi G‘arb sanksiyalari sharoitida Hindiston bilan, Rossiyaning yirik qurol xaridori va dengiz orqali yetkaziladigan neftning eng katta mijozlaridan biri sifatida, savdo hajmini oshirish. Rossiya bilan muzokara olib borayotgan Hindiston ayni vaqtda Donald Tramp tomonidan joriy qilingan jarima taʼriflarini kamaytirish bo‘yicha Vashington bilan ham savdo kelishuvlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

 

Rossiya rahbarining Hindistonga bu safar — so‘nggi to‘rt yil ichidan birinchi marta amalga oshdi. Nashrning yozishicha, o‘n yillar davomida Moskva Hindistonga ko‘p qurol yetkazib bergan. Shuningdek, Rossiya savdo hajmini 2030 yilga borib 100 milliard dollarga yetkazish niyatida ekani, buning uchun esa Hindistondan import hajmini oshirmoqchi ekanini aytib keladi. Hozircha savdo balansi Nyu-Deli neft xaridlari sabab sezilarli darajada Rossiya foydasiga og‘ib ketgan.

 

Yevropa davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin rus energiyasiga qaramlikni keskin kamaytirgach, Hindiston arzonlashtirilgan rus neftini rekord darajada sotib ola boshladi.

 

Yevropa davlatlari qariyb to‘rt yil avval Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin rus energiyasiga qaramlikni qisqartirgach, Hindiston arzonlashtirilgan rus neftini xarid qilish hajmini keskin oshirdi.

 

“Hindiston murakkab tanlov oldida turibdi; Moskva yoki Vashington bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha qilinadigan har qanday qadam boshqa tomon bilan munosabatlarga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin”, — deb yozdi Vashingtondagi Atlantic Council markazi katta ilmiy xodimi Maykl Kugelman Foreign Policy jurnalida.

 

Rossiya prezidenti Hindiston bosh vaziri aeroportda qizil gilamda quchoqlab, qo‘l siqib qarshi oldi. Keyinroq Modi Putinni o‘z qarorgohida shaxsiy kechki ovqat bilan mehmon qildi.

 

Putin bilan birga bu safarga biznes vakillari va hukumat amaldorlaridan iborat delegatsiya, jumladan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ham hamroh bo‘lgan. U payshanba kuni hindistonlik hamkasbi Rajnat Singx bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Hindiston mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, Belousov “Rossiya mudofaa sanoati Hindistonning mudofaa mahsulotlari sohasida o‘zini-o‘zi taʼminlay oladigan davlatga aylanishiga yordam berishga tayyor” ekanini taʼkidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Putin Hindistonga kelishidan bir kun avval Ukrainadagi urushga barham berish bo‘yicha ehtimoliy tinchlik kelishuvi yuzasidan Trampning yuqori darajadagi elchilari bilan muzokara o‘tkazgan, ammo tomonlar murosaga erisha olishmagan.

 

Hindiston Rossiyani urush uchun qoralashdan bosh tortib, ziddiyatni diplomatiya va muloqot orqali hal qilishga chaqirib keladi. Nyu-Dehlining fikricha, uning Moskvaga nisbatan aloqalari G‘arb davlatlari tomonidan adolatsiz tanqid qilinmoqda, holbuki bu davlatlarning o‘zi ham o‘z manfaatlariga mos kelganida Rossiya bilan savdo-sotiqni davom ettiradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Modi bir vaqtning o‘zida ham Moskva bilan ham Vashington bilan muzokaralar olib bormoqda. U kimga yon bosadi? | Zamon.uz