Jahon

Netanyahu Nyu-Yorkka borishini e'lon qildi, Mamdani esa uni hibsga olishga tayyorligini eslatdi

Isroil bosh vaziri Mamdani bilan uchrashuvga tayyorligini ta’kidladi.

Netanyahu Nyu-Yorkka borishini e'lon qildi, Mamdani esa uni hibsga olishga tayyorligini eslatdi

 

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Nyu-York shahriga tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u New York Times tomonidan tashkil etilgan DealBook sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

 

Mazkur bayonot shahar meri lavozimiga saylangan Zohran Mamdanining pozitsiyasi fonida katta e’tibor qozondi. U avvalroq, Xalqaro jinoyat sudi (ICC) tomonidan chiqarilgan orderga asoslanib, Netanyahu Nyu-Yorkka kelsa, uni hibsga olishga urinishi mumkinligini bildirgan edi.

 

Netanyahu esa bu holatga munosabat bildirib, Mamdani bilan uchrashuvga ham tayyorligini ta’kidladi.

 

“Agar u fikrini o‘zgartirib, Isroilning mavjudlik huquqini tan olsa — men muloqotga ochiqman. Bu yaxshi boshlanish bo‘lardi”, — dedi u.

 

Isroil bosh vaziri, shuningdek, G‘azo sektorining kelajakda Falastin ma’muriyati tomonidan boshqarilishi ehtimolini rad etdi. Uning fikricha, tinchlikni istayotgan falastinliklar anklav ustidan nazoratni o‘z qo‘llariga olishi va buni amalda isbotlashi lozim.

 

Nutqi davomida Netanyahu Ukraina urushining tezroq tugashiga umid bildirib, AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik kelishuvlarini ilgari surish borasidagi imkoniyatlarini yuqori baholadi.

 

Yuridik jihatdan qaralganda, ICC orderi AQShda majburiy emas. AQSh federal hukumati sudi qarorlarini tan olmaydi, shuningdek, amaldagi bosh vazirning diplomatik maqomi hibs ehtimolini yanada kamaytiradi. Shunga qaramay, siyosiy maydonda bu masala xalqaro huquq va diplomatik munosabatlar kesishmasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Netanyahu Nyu-Yorkka borishini e'lon qildi, Mamdani esa uni hibsga olishga tayyorligini eslatdi | Zamon.uz