O'zbekiston

“O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplanadi” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 42 ta energetika ob’yektini ishga tushirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi.

“O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplanadi” — Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni energetika sohasidagi obyektlar va yirik loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zladi. Tadbirda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari tez kengayayotgani va elektr ta’minoti yanada ishonchli bo‘lishi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari qayd etganidek, yangi loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiyasi iste’moli to‘liq qoplanadi.

 

Marosim doirasida:

  • 11 mlrd dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushirilmoqda;
  • 21 ta qo‘shimcha loyiha qurilishiga start beriladi.

 

Hududlarda jami 3 500 MW quvvatga ega 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiyalar foydalanishga topshiriladi. Ular yiliga 15 mlrd kVt/soat elektr generatsiya qilish imkonini beradi.

 

Kelgusi yilda “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmi 23 mlrd kVt/soat ga yetkaziladi.

 

Shu bilan birga:

  • tabiiy gaz sarfi 7 mlrd kub metrga qisqaradi;
  • atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 11 mln tonnaga kamayadi;
  • 1 245 MW quvvatli 10 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirilmoqda;
  • eng tig‘iz davrlarda qo‘shimcha 1,5 mlrd kVt/soat energiya tarmoqqa uzatiladi;
  • 11 ta yirik podstansiya va 420 km yuqori kuchlanishli tarmoqlar barqaror ta’minotga xizmat qiladi.

 

Prezident energetika modernizatsiyasi ikki asosiy maqsadga qaratilganini alohida ta’kidladi:

hudud va tarmoqlarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash;

buni ekologik toza va muqobil manbalar hisobidan amalga oshirish.

 

Davlat rahbari sohada mahalliy korxonalar roli kuchayayotganini qayd etdi:

 

“Yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan ‘Angren Energo’ va 155 ta gidroagregat tayyorlaydigan ‘O‘zhydropower’ kichik bo‘lmagan istiqbolga ega”, — dedi Prezident.

 

Shu bilan birga, O‘zbekistonga ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalar olib kirayotgan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.