O'zbekiston

O‘zbekiston transmilliy qatag‘onlarga qarshi kurash bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etdi

Tadbirda so‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, BMT Inson huquqlari qo‘mitasi aʼzosi Akmal Saidov fikr va so‘z erkinligi, uyushmalar erkinligi va shaxs xavfsizligiga tahdid soluvchi transmilliy qatag‘onlar amaliyotiga qarshi xalqaro konsensusni shakllantirish muhimligini taʼkidladi.

O‘zbekiston transmilliy qatag‘onlarga qarshi kurash bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etdi

 

4-dekabr kuni Jenevadagi Millatlar saroyida "Transmilliy qatag‘onlar va inson huquqlarini buzish: global javoblar va hisobdorlik" mavzusidagi sessiyalararo tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

 

Uchrashuv transmilliy qatag‘on shakllarini va ularning inson huquqlarini amalga oshirishdagi oqibatlarini chuqurroq anglashga, shuningdek, davlatlarning samarali himoya va hisobdorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratildi. Sessiyalararo yig‘ilishda davlatlar, xalqaro tashkilotlar, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus vakolatli vakillari va ekspert tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirning ochilishida Kanadaning BMTdagi Jenevadagi doimiy vakili Piter Makdugall so‘zga chiqdi. Muhokamalarda yetakchi xalqaro ekspertlar, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasining Tematik hamkorlik bo‘yicha direktori Peggi Xiks, BMTning maxsus maʼruzachilari Iren Xan va Nazila Ganea, shuningdek, Human Rights Watch, Article 19 xalqaro inson huquqlari tashkilotlari hamda Kanada va Germaniyaning tegishli davlat organlari vakillari qatnashdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, BMT Inson huquqlari qo‘mitasi aʼzosi Akmal Saidov fikr va so‘z erkinligi, uyushmalar erkinligi va shaxs xavfsizligiga tahdid soluvchi transmilliy qatag‘onlar amaliyotiga qarshi xalqaro konsensusni shakllantirish muhimligini taʼkidladi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qoidalari asosida jurnalistlar va huquq himoyachilarini himoya qilish davlatlar, xalqaro mexanizmlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tizimli hamkorlikni talab etishiga eʼtibor qaratildi.

 

Tadbir ishtirokchilari transmilliy qatag‘onlar tobora tizimli tus olayotganini, qurbonlar va ularning oilalari orasida qo‘rquv va o‘z-o‘zini senzura qilish muhitini yaratayotganini qayd etdilar. Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasining tahliliy materiallarida ko‘rsatilganidek, samarali himoya mexanizmlarining yo‘qligi va odil sudlovga erishish imkoniyatining cheklanganligi huquqbuzarlarning jazosiz qolishiga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan transmilliy qatag‘on holatlarining oldini olish, monitoring qilish va ularga munosabat bildirishning milliy va xalqaro vositalarini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu hodisaga qarshi kurashda global saʼy-harakatlarni kuchaytirish va BMTning inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari doirasidagi hamkorlikni faollashtirish zarurligini taʼkidladilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston transmilliy qatag‘onlarga qarshi kurash bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etdi | Zamon.uz