O'zbekiston

O‘zbekistonliklar Konstitutsiya bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi?

Rasman e’lon qilingan tartibga ko‘ra, dekabr oyining 6, 7 va 8 kunlari turlicha mehnat haftasi jadvaliga ega xodimlar uchun farqli tartibda dam olish kuni sifatida belgilanadi.

O‘zbekistonliklar Konstitutsiya bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi?

O‘zbekistonda 8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan fuqarolar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Rasman e’lon qilingan tartibga ko‘ra, dekabr oyining 6, 7 va 8 kunlari turlicha mehnat haftasi jadvaliga ega xodimlar uchun farqli tartibda dam olish kuni sifatida belgilanadi.

 

6 dekabr, shanba kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik reja bo‘yicha ishlaydiganlar uchun esa odatdagi ish kuni hisoblanadi. 7 dekabr, yakshanba esa barcha uchun umumiy dam olish kuni bo‘lib qoladi.

 

8 dekabr, dushanba — Konstitutsiya bayrami munosabati bilan rasmiy ravishda dam olish kuni etib belgilangan. Shu tariqa, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar jami 3 kun, 6 kunlik ish jadvalida ishlovchilar esa 2 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Mazkur tartib fuqarolarga bayramni oilasi bilan tinch va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, shuningdek, mehnat jarayonidagi yuklamani yengillashtirishga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar Konstitutsiya bayrami munosabati bilan necha kun dam oladi? | Zamon.uz