O'zbekiston

Prezident Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Prezident Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi Saudiya Arabistoni kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi.

 

Tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

 

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston “yashil” energetika sohasining strategik investori hisoblangan “ACWA Power” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Bugun bir nechta qoʻshma loyihalarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi: 752 megavatt quvvatga ega 4 ta shamol elektr stansiyasi elektr tarmogʻiga ulandi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida umumiy quvvati 2,3 gigavattni tashkil etadigan 5 ta elektr stansiyasi hamda 300 megavattli energiya saqlash tizimining qurilishi boshlandi.

 

Bundan tashqari, Samarqand viloyatini Toshkent viloyati bilan va Qoraqalpogʻiston Respublikasini Buxoro viloyati bilan bogʻlaydigan umumiy uzunligi 1790 kilometrlik 500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini barpo etish boshlandi.

 

Uchrashuv davomida energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi | Zamon.uz