O'zbekiston

Talabalarga ham qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi

Talabaning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga borib-kelishlarini poyezd va samolyotlar orqali taʼminlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Talabalarga ham qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar talaba va o‘quvchilarining qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga muvofiq, joriy o‘quv yilida qishki ta’til 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar davom etadi.

 

Ta’til davrida talaba va o‘quvchilarning o‘z yashash hududlariga qaytishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Bu orqali turli hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni optimallashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Shu munosabat bilan, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar talaba va o‘quvchilar uchun yo‘l chiptalari 50 foiz chegirma asosida sotiladi. Chegirma temir yo‘l va aviaqatnovlarning belgilangan yo‘nalishlarida amal qiladi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, bu chora talaba-yoshlarning ta’tilni oila davrasida o‘tkazishi, qaytish jarayonida tirbandliklarni kamaytirish va transport tizimida qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq maktablarda ham qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanishi xabar qilingan edi. Ta’til davomiyligi 14 kunni tashkil etib, 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Talabalarga ham qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi | Zamon.uz