O'zbekiston

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi joriy etiladi

Poytaxtda Yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ish boshlaydi.

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi joriy etiladi

Toshkent shahrida avtomobillar soni ortib borayotgani sababli yo‘l harakati oqimini boshqarish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Hozirda poytaxt ko‘chalarida 800 mingdan ortiq avtomobil doimiy harakat qiladi, kuniga yana 150–300 ming transport kirib kelmoqda. Mutaxassislar ogohlantirishicha, chora ko‘rilmasa, yaqin yillarda tirbandliklar yanada kuchayishi mumkin.

 

Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, poytaxtda Yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ish boshlaydi. Ushbu markaz shahar bo‘ylab harakat oqimini yagona raqamli boshqaruv ostida tartibga solib boradi. Eng muhimi, 600 ta yirik chorraha “raqamli xarita”ga ulanib, svetoforlar sun’iy intellekt yordamida real vaqtda boshqariladi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tizim tirbandliklarni 30 foizga kamaytirishi, o‘rtacha harakat tezligini 44 km/soatga yetkazishi kutilmoqda. Shuningdek, transport vositalarining svetoforlarda kutish vaqti 35 foizga qisqaradi, bu esa kunlik vaqt tejalishiga sezilarli ta’sir qiladi.

 

Mutaxassislar fikricha, mazkur islohotlar nafaqat yo‘l harakatini optimallashtiradi, balki poytaxtda yashash sifati oshishiga ham xizmat qiladi. Tizimning joriy etilishi ekologik transport bilan uyg‘unlashib, Toshkentni yanada xavfsiz, qulay va musaffo megapolisga aylantirishi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi joriy etiladi | Zamon.uz