O'zbekiston

Davlat xaridlarida 1,4 mlrd so‘mlik qonunbuzarlik fosh etildi

Tibbiyot va sud tizimidagi xaridlarda qonun talablariga zid holatlar topildi.

Davlat xaridlarida 1,4 mlrd so‘mlik qonunbuzarlik fosh etildi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida umumiy qiymati qariyb 1 milliard 400 million so‘m bo‘lgan uchta davlat xaridi bo‘yicha qonunbuzarliklar aniqlandi.

 

Agentlik mutaxassislari tomonidan quyidagi holatlar fosh etildi:

 

tibbiyot muassasasi tomonidan 832 million so‘mlik xarid raqobat tamoyillariga zid ravishda amalga oshirilgan;

 

viloyat hokimligi tomonidan Xorazm shahrida “Yagona buyurtmachi” orqali o‘tkazilgan 298 million so‘mlik tender ochiqlik talablari buzilgan holda tashkil etilgan;

 

Oliy sud huzuridagi Jizzax shahar departamenti tomonidan amalga oshirilgan 253,5 million so‘mlik xarid amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagan.

 

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tender g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar bekor qilindi hamda noqonuniy xaridlarning oldi olindi. Tegishli materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

custom img

Xorazmda joriy yilda kambagʻallik darajasi 3 foizgacha qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligi hamda kelgusi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

custom img

Президент Шавкат Мирзиёев бир гуруҳ хотин-қизларни давлат мукофотлари билан тақдирлади

Мукофотланганлар орасида маданият, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт ва жамият ривожига ҳисса қўшган етакчи мутахассислар бор.

custom img

Oʻzbekistonda bank ilovalarida pul oʻtkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talab etiladi

Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchilar pul yuborishda 16 ta toifadan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

custom img

Toshkentda IIBBning 2 tezkor xodimi qamoqqa olindi

Ular fuqaroni jinoyiy javobgarlikdan qutqarish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgan.

custom img

Buxoroda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan ota va o'g'il aniqlandi

O‘g‘il Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” safiga qo‘shilgan, internet va kriptovalyuta orqali pullar yig‘gan.

custom img

Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Quvayt va Isroilga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Hozirda joriy yilning 28-fevraligacha ketgan yo‘lovchilarni qaytarish ishlari davom etmoqda.

custom img

Prezident huzurida qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish va zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi

Davlat rahbari O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini yanada rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

custom img

YTH oqibatida vafot etgan kichik serjant Xosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan taqdirlandi

Yo‘l-patrul xizmati xodimi BMW rusumli avtomobil urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Davlat xaridlarida 1,4 mlrd so‘mlik qonunbuzarlik fosh etildi