O'zbekiston

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p izlangan so‘rov “Gemini” bo‘ldi

2025-yilda Google’da eng ko‘p qidirilgan so‘rovlar e’lon qilindi.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p izlangan so‘rov “Gemini” bo‘ldi

Google 2025-yil “Year in Search” hisobotini taqdim etdi. Unda jahon bo‘yicha eng ko‘p qidirilgan kalit so‘z, shuningdek, eng ko‘p izlangan shaxslar va muhim voqealar ro‘yxatlari e’lon qilindi.

 

“Eng ko‘p o‘sish ko‘rsatgan (trending)” qidiruvlar reytingida birinchi o‘rinni Gemini olgan — bu Google’ning sun’iy intellekt chat-bot xizmatidir.

 

Keyingi o‘rinlarda “India vs England” va Charlie Kirk ismlari joylashgan.

 

Shuningdek, jahon miqyosida texnologiya, sport, siyosat va pop-madaniyatga oid bir qator boshqa so‘rovlar ham yuqori talabga ega bo‘lgan: “Club World Cup”, “India vs Australia”, DeepSeek, “Asia Cup”, “iPhone 17” va “Pakistan vs India” kabi.

 

Google ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda izlanishlarda sun’iy intellekt vositalari, sport tadbirlari, xalqaro voqealar va mashhurlar hayoti jamiyatning diqqat markazida bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.