O'zbekiston

Farg‘onada Kadastr agentligi bosh inspektori pora bilan ushlandi

Shuningdek, davlat buyurtmasi bo‘yicha ta’mirlashga ruxsat berish uchun 5 500 dollar talab qilgan bosh muhandis qo‘lga olindi.

Farg‘onada Kadastr agentligi bosh inspektori pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot organlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsion xatti-harakatlar bilan bog‘liq ikki holat aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

 

Birinchi holatda, Kadastr agentligining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori fuqaroning yashash hududida qo‘shimcha yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallagani va qurilish qilgani bois 84 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanishi mumkinligini bildirgan. Shundan so‘ng, u jarima qo‘llamaslik va yer hujjatlarini qonuniylashtirib berish evaziga fuqaro­dan 400 AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida bosh inspektor talab qilingan pul mablag‘ini xizmat joyi binosi oldida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Ikkinchi holatda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona 2025-yil oktabr oyida “Farg‘ona suv qurilish invest” davlat muassasasining ma’muriy binosini 850 million so‘mlik mukammal ta’mirlash bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lgan. Biroq mazkur muassasaning bosh muhandisi va boshqa mas’ullar ta’mirlash ishlariga ruxsat berish evaziga korxona rahbaridan 5 500 AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbir chog‘ida ular 5 ming dollarlik pul mablag‘ini olayotgan paytida qo‘lga olindi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada Kadastr agentligi bosh inspektori pora bilan ushlandi | Zamon.uz