O'zbekiston

OAV: Maduro Trampdan isteʼfoga chiqish evaziga 200 mln dollar so‘radi

Venesuela prezidenti, shuningdek, o‘z safdoshlari uchun amnistiya va do‘st mamlakatdan boshpana so‘ragan.

OAV: Maduro Trampdan isteʼfoga chiqish evaziga 200 mln dollar so‘radi

Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 21 noyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan telefon muloqotida o‘zining 200 million dollarlik shaxsiy aktivlarini saqlab qolish, shuningdek, safdoshlari uchun amnistiya va do‘st mamlakatdan boshpana taqdim etishni so‘ragan. Bu haqda The Telegraph nashri maʼlum qildi.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, tomonlar Venesuelaning ko‘plab amaldorlariga amnistiya berish masalasida kelishuvga erisha olmagan. Shuningdek, o‘tish davri hukumatini shakllantirish va Maduro uchun qaysi davlat boshpana taklif qilishi borasida ham kelishmovchilikka uchragan.

 

Xabarda aytilishicha, Tramp Venesuela rahbariga Xitoy yoki Rossiyani boshpana sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilgan. Maduro esa G‘arbiy yarim sharda qolish tarafdori bo‘lgan. Qatar ikki tomon uchun ehtimoliy murosa varianti sifatida tilga olingan.

 

Reuters agentligi avvalroq Tramp telefon muloqotida Maduroni bir hafta ichida mamlakatni tark etishga chaqirganini xabar qilgan edi. Mazkur muddat 28 noyabrda yakunlangan. Ertasi kuni AQSH rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida aviakompaniyalar va uchuvchilarni Venesuela havo hududini to‘liq yopiq sifatida qabul qilishga chaqirgan.

 

Donald Tramp noyabr oyi oxirida ushbu telefon suhbati bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan. Uning taʼkidlashicha, Venesuela havo hududi haqidagi bayonot AQSH tomonidan harbiy zarbalar berilishi mumkinligining alomati sifatida talqin qilinmasligi kerak.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

OAV: Maduro Trampdan isteʼfoga chiqish evaziga 200 mln dollar so‘radi | Zamon.uz