O'zbekiston

Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash xizmatlariga 10 oyda 16,5 trln soʻm sarflandi

Xizmatlar hajmi oʻtgan yilga nisbatan 15,4 foizga oshgan.

Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash xizmatlariga 10 oyda 16,5 trln soʻm sarflandi

Oʻzbekiston aholisining sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarga qilgan xarajatlari ortishda davom etmoqda. Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida ushbu yoʻnalishdagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trillion soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga koʻpdir va umumiy bozor xizmatlarining 2 foizini tashkil qiladi.

 

Hududlar kesimida eng katta ulush an’anaviy ravishda poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida 7,7 trln so‘m, Toshkent viloyatida esa 1,6 trln so‘m xizmat ko‘rsatilgan. Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida mos ravishda 1,2 trln va 1,1 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan, hududlar kesimida esa Namangan, Andijon va Buxoro viloyatlari ham sezilarli ulushga ega.

 

Qolgan hududlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha taqsimlangan: Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m, Xorazm – 557,8 mlrd so‘m, Surxondaryo – 416,8 mlrd so‘m, Jizzax – 398,8 mlrd so‘m, Sirdaryo – 293,1 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 285,6 mlrd so‘m, Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. Statistik qo‘mita sog‘liqni saqlash xizmatlari hududlar bo‘yicha doimiy o‘sish tendensiyasini qayd etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash xizmatlariga 10 oyda 16,5 trln soʻm sarflandi | Zamon.uz