O'zbekiston

Toshkent tumanida 1 mlrd so‘mlik valyuta to‘xtatib qolindi

Ular “tashmachi” fuqarolar yordamida chetga olib chiqib ketilayotgan bo‘lgan.

Toshkent tumanida 1 mlrd so‘mlik valyuta to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida xorijiy valyuta mablag‘larini “tashmachilar” orqali qo‘shni davlat hududiga noqonuniy ravishda olib chiqib ketishga urinishning oldi olindi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, guruh yetakchisi bo‘lgan 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro 5 mln 622 ming Rossiya rublini kichik qismlarga bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazib berish uchun ishonchli shaxsga topshirayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Tadbir davom ettirilib, gumondorning avtotransport vositasi va yashash manzilida o‘tkazilgan ko‘rik natijasida qo‘shimcha ravishda 11 220 AQSH dollari hamda pul mablag‘larining haqiqiy egalari qayd etilgan daftari rasmiy tartibda hujjatlashtirib olindi.

 

Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 1 mlrd so‘mlik valyuta to‘xtatib qolindi | Zamon.uz