Xitoy G‘azoga 100 million dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatadi
Si Szinping Fransiya Prezidenti bilan Pekinda bo'lgan uchrashuvdan so‘ng bu haqda ma'lum qildi.

Pekinda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashganidan so‘ng matbuot anjumanida so‘zlagan Xitoy Prezidenti Si Jinping G‘azo sektoridagi insonparvarlik inqirozini yengillashtirish va qayta tiklash ishlari uchun Falastinliklarga 100 million dollarlik yordam ajratilishini ma’lum qildi.
Si Jinpingning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ insonparvarlik vazifalarini bajarish, zaruriy yordam yetkazish va G‘azoda infrastrukturani tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari shuningdek, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.







