O'zbekiston

Toshkent viloyati prokuraturasiga 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Viloyat hokimligi qarori bilan prokuratura uchun 0,93 gektar yer ajratildi.

Toshkent viloyati prokuraturasiga 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Toshkent viloyati hokimligining 2025-yil 6-dekabr kuni e’lon qilingan hujjatiga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tasarrufidagi 0,93 gektar maydonda avtoturargoh qurilishi uchun 4,5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Qaror viloyat byudjeti daromadlar rejasi ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilmoqda.

 

Mazkur mablag‘ prokuratura binosi yonidagi yerda avtoturargoh barpo etish xarajatlariga yo‘naltiriladi. Hujjatda qayd etilishicha, prokuratura tomonidan tegishli xat bilan murojaat qilingach, hokimlik uni ko‘rib chiqqan va tasdiqlagan.

 

Qayd etish kerakki, ajratilgan mablag‘ miqdori jamoatchilikda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, chunki hatto ba’zi markaziy idoralarda ham bunday katta maydonga ega avtoturargoh mavjud emasligi aytilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyati prokuraturasiga 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi | Zamon.uz