Ukrainada gaz narxi 22 baravar oshgani aytilmoqda
Sobiq bosh vazir Azarov tariflar o‘sishini inflyatsiya bilan izohlab bo‘lmasligini ta’kidladi

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning aytishicha, oxirgi 12 yil ichida kommunal xizmatlar narxlari inflyatsiyadan ancha tez sur’atda oshgan. Uning fikricha, bu “Yevropa integratsiyasiga intilishning narxi” bo‘lib qolmoqda.
Aazarovga ko‘ra, 2013 yildan beri gaz narxi qariyb 22 baravar, suv narxi 13 baravar, issiqlik ta’minoti esa 15 baravarga yaqin ko‘tarilgan.
Uning ta’kidlashicha, bunday katta o‘sishni oddiy inflyatsiya bilan tushuntirib bo‘lmaydi, chunki shu davr ichida dollar kursi atigi besh baravar — 8 grivnadan 42 grivnagacha oshgan.







