O'zbekiston

Chirchiqda koptokni olmoqchi bo‘lgan 15 yoshli bola cho‘kib ketdi

Yaqinlari qidirgach, bolaning jasadi daryodan topilgan.

Chirchiqda koptokni olmoqchi bo‘lgan 15 yoshli bola cho‘kib ketdi

 

7-dekabr kuni Chirchiq daryosida voyaga yetmagan bola cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda zamon.uz‘ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, 8 dekabr kuni Chirchiq shahrida yashovchi shaxs IIBga murojaat qilib, 7 dekabr kuni farzandi yashash uyi oldida do‘stlari bilan futbol o‘ynash uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini bildirgan.

 

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan shaxsning to‘pi Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Bola ushbu to‘pni olayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib, cho‘kib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik bola o‘lik holda topilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

O‘zbekistonda nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Ushbu chora 2030-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

custom img

Migratsiya sohasida raqamli yechimlar va yangi ta’lim loyihalari joriy etiladi

“Kasb + til” tamoyili asosidagi ta’lim loyihalari kengaytirilishi va yangi o‘quv markazlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jazo joriy etildi

Portativ lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanish uchun jarima va musodara jazosi belgilandi.

custom img

Yosh oilalar uchun ipoteka foizining bir qismini davlat qoplab beradi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi doirasida yoshlar uchun ipoteka, grant, amaliyot va salomatlik bo‘yicha yangi choralar belgilanmoqda.

custom img

O‘zbekiston ilk bor BMTning nufuzli komissiyasi a’zoligiga saylandi

O‘zbekiston BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasida AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan ish olib boradi.

custom img

“Prezidentning murojaatini yetkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi” — Saida Mirziyoyeva

Samarqandda narkotahdidlarga qarshi o‘tkazilayotgan forumda xalqaro tashkilotlar rahbarlari “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Rim Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Davlat va jamoat arbobi bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Orolning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"