O'zbekiston

Toshkentda “GDG Tashkent DevFest 2025” texnologiya festivali bo‘lib o‘tdi

5 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan festivalda Google mutaxassislari va dunyoning bir nechta davlatlaridan kelgan spikerlar so'zga chiqdi.

Toshkentda “GDG Tashkent DevFest 2025” texnologiya festivali bo‘lib o‘tdi

 

 

Toshkent shahrida “Google” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “GDG Tashkent DevFest 2025” xalqaro texnologiya festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir ingliz tilida o‘tkazildi va unda Google Developers Group (GDG) yetakchilari, Google Developer Expertlar hamda bir qator xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etdi.

 

GDG — Google texnologiyalariga qiziquvchi ishlab chiquvchilar va IT mutaxassislarining global hamjamiyati bo‘lib, O‘zbekistonda 2019-yilda tashkil etilgan. Hamjamiyat bugunga kelib 8 900 dan ziyod a’zolarga ega. O‘tgan yili DevFest 2024 tadbirida 3 000 kishi qatnashgan bo‘lsa, bu yilgi festivalda 5 000 dan ortiq ishtirokchi jamlandi.

 

Tadbir davomida generativ sun’iy intellekt, Cloud arxitekturasi, Machine Learning, Android, Flutter, Firebase kabi yo‘nalishlarda mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlar va prezentatsiyalar o‘tkazildi. EXPO hududida 10 dan ortiq texnologik kompaniyalar o‘z xizmatlarini taqdim etdi, shuningdek 15 ta workshop tashkil qilindi.

 

Festivalda AQSh, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Malayziya va BAAdan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Google muhandisi Oleg Arvin, Mohirdev asoschisi va NLP injeneri Adham Zohirov, TikTok kompaniyasi vakili Darkhanbek Mamatalyyev, Yandex mutaxassisi Aleksey Prixodko, Bank of America xodimi Islombek Abdulxatov, Pinterest vakili Diyorbek Sadullayev kabi ma’ruzachilar bor.

 

Adham Zohirov “Human-AI Collaboration” mavzusidagi chiqishi davomida sun’iy intellektning inson bilan hamkorlikda rivojlanishi, AI modellarini o‘qitishda sifatli ma’lumotlar muhimligi va AI vositalaridan foydalanish orqali tezroq natijalarga erishish mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

 

“GDG Tashkent DevFest 2025” O‘zbekiston IT hamjamiyati uchun global tajriba almashinuvi, yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish va xalqaro mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “GDG Tashkent DevFest 2025” texnologiya festivali bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz