O'zbekiston

Fermerlarga chorvachilik uchun o‘z yerida bino qurishga ruxsat beriladi

Fermerlarga 2025-yil hosili qiymatining 50 foizigacha 12 foizli kreditlar ajratiladi, kartoshka urug‘chiligiga bepul mini-tuganaklar yetkaziladi.

Fermerlarga chorvachilik uchun o‘z yerida bino qurishga ruxsat beriladi

 

Prezidentning qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash choralari muhokama qilindi.

 

“Kuz-qish mavsumida asosiy turdagi mahsulotlar zaxirasini shakllantirdik. Endi bu jarayon yil davomida amalga oshiriladi va narxlarni barqaror ushlab turish uchun doimiy interventsiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi davlat rahbari.

 

Yuqori talabga ega bo‘lgan ozuqabop, moyli ekinlar va kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi mexanizmlar joriy etiladi. Xususan, kelgusi yilda fermerlarga 2025-yilda olinadigan hosil qiymatining 50 foizigacha Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi hisobidan 12 foizli kreditlar ajratiladi.

 

Xorijiy valyutadagi kreditlarda 8 foizdan ortiq stavka qismi qoplab beriladi, kreditlarning 50 foizgacha qismiga kafillik taqdim etiladi. Har yili “in-vitro” laboratoriyalarda virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-tuganaklari ishlab chiqarilib, urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul taqdim etiladi.

 

Chorvachilikni rivojlantirish ham muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Kelgusi yilda chetdan 100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki olib kelish rejalashtirilgan. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yishi uchun 20 sotixgacha maydonda yengil konstruksiyadagi bino qurishga ruxsat beriladi.

 

Nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja importi bo‘yicha subsidiyalar berish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi. Chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun keyingi yilda Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 157 million dollar yo‘naltiriladi. Ushbu kreditlar 10 yillik muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizlik stavkada beriladi.

 

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda JICA’dan 150 million dollar va Osiyo taraqqiyot bankidan 60 million dollar jalb etiladi. Bu resurslar chorvachilikni kengaytirish, kelgusi yilda qiymati 5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani amalga oshirishga xizmat qiladi. Fransiya tajribasi asosida 167 ta tumanda 50–60 bosh qoramolga mo‘ljallangan 340 ta kichik chorvachilik xo‘jaligi tashkil etilishi belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Fermerlarga chorvachilik uchun o‘z yerida bino qurishga ruxsat beriladi | Zamon.uz