O'zbekiston

“Mirzacho‘l” innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinadi

Butun respublikadagi ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi.

“Mirzacho‘l” innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinadi

 

“Mirzacho‘l” klasteri cho‘l hududida paxta hosilida bu yil 50–55 sentnerdan hosil oldi. Unga birlashtirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha yetkazdi. Bu tajriba Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan muloqotida tilga olindi.

 

Ushbu tajribani ommalashtirish maqsadida Mirzacho‘lda innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadan 1 ming kishi fermer maktabida cho‘l sharoitida paxta etishtirish bo‘yicha o‘qiydi. Maktabni tamomlagan va sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi.

 

Ilg‘or fermerlarni usta sifatida kam hosil olgan fermerlarga qo‘shish orqali ikki tomonlama foydali tizim joriy etilgan. Ustoz fermerlar shogird fermerlarga o‘z tajribasini o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan orttirishga yordam bersa, 5 million so‘m mukofot oladi.

 

Shuningdek, Agrar universitetning 180 talaba dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, agronomlik sirlarini o‘rganadi. Har bir talaba uchun fermer va klaster 5 million so‘m oladi, talabaga esa 1,5 million so‘m ajratiladi. Tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 tuman korxonalariga yo‘naltiriladi.

 

Yosh agronomlar ishlab chiqarish korxonalariga yangi texnologiyalar va sifatli urug‘larni joriy qilishi, hosildorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga ko‘maklashishi rejalashtirilgan. Buning uchun ular oylik 2 ming dollar miqdorida ta’minlanadi. Shu yo‘l bilan agronomlik yoshlar uchun jozibador kasblardan biriga aylantiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Mirzacho‘l” innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinadi | Zamon.uz