Soat 17.00 dan boshlab svet o'chirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekistonning turli hududlarida soat 17:00 dan boshlab elektr energiyasi bir necha soatga o‘chirilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rad etildi.
Rasmiy munosabatda ta’kidlanishicha, ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz bo‘lib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortish maqsadida noto‘g‘ri talqinda tarqatilgan.
Vazirlik eslatishicha, 9-dekabr kuni berilgan rasmiy xabarda ayrim hududlarda elektr energiyasiga talab ortadigan vaqt oralig‘ida — soat 17:00 dan 21:00 gacha — qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi aytilgan. Agar zarurat tug‘ilsa, iste’molchilar oldindan xabardor etilishi alohida qayd etilgan.







