O'zbekiston

Toshkentda qashqadaryolik 20 yoshli yigit portlash uyushtirmoqchi bo'ldi

Sud hukmi bilan u 6 yilga qamaldi.

Toshkentda qashqadaryolik 20 yoshli yigit portlash uyushtirmoqchi bo'ldi

 

Joriy yilning 2-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida 2005-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan T.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 155 (terrorizm), 244-1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) hamda 244-2 (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalari bilan hukm o‘qilishi ortidan ayrim mediamanbalarda sudlanuvchining 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi noto‘g‘ri talqin qilingan videolavha va sharhlar tarqaldi. Ushbu xabarlar asosida turli munosabatlar bildirilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tergov va surishtiruv jarayonida to‘plangan materiallarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki: T.N. 2023-yildan boshlab internet tarmog‘i orqali mustaqil ravishda diniy bilimlarni o‘rganish davomida diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushgan. Natijada u O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan keskin norozilik bildirgan hamda jahon internet tarmoqlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan va mamlakatimizda faoliyati taqiqlangan — Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti a’zolari bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning qo‘poruvchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni boshlagan.

 

Keyinchalik, T.N. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali Suriyada “Tavhid va jihod katibasi” safida bo‘lgan, Tojikiston Respublikasi fuqarosi — “Xabarg‘oi suriya” profili foydalanuvchisi bilan yaqin aloqa o‘rnatgan va uning ta’sirida diniy qarashlari yanada radikallashgan.

 

Shuningdek, T.N. jangovar harakatlarda ishtirok etish hamda ushbu terrorchilik tashkiloti tarkibiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga chiqib ketish yo‘llarini izlagan. Bundan tashqari, terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi ma’ruzalar ta’sirida Toshkent shahri hududida qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan.

 

Sudlanuvchi o‘zida saqlagan hamda internet orqali tarqatgan taqiqlangan diniy ekstremistik va terrorchilik materiallari bilan ham shug‘ullangan.

 

Yuqoridagi qonunga zid xatti-harakatlari uchun T.N.ga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat moddalari sanksiyalarida uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo‘lsada, sud yengillashtiruvchi holatlarni qo‘llagan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

 

Shuningdek, sud taraflarga birinchi instansiya sudining hukmidan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish yoki protest keltirish huquqi borligi tushuntirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda qashqadaryolik 20 yoshli yigit portlash uyushtirmoqchi bo'ldi | Zamon.uz