O'zbekiston

Oliy ta’lim vazirligi sudda yutqazdi

Oliy ta’lim vazirligi “PROFI UNIVERSITY”ga berilgan litsenziyani bekor qilishni so‘rab sudga murojaat qilgan.

Oliy ta’lim vazirligi sudda yutqazdi

 

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan “PROFI UNIVERSITY”ga yuridik yo‘nalish bo‘yicha berilgan litsenziya yuzasidan kelib chiqqan nizoga doir sud jarayoni bo‘yicha qaror e’lon qilindi.

 

Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi 2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan ayrim arizalar bo‘yicha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlar talab buzilgan holda tizim tomonidan ijobiy xulosa sifatida shakllantirilganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik mazkur holatni texnik xato deb baholab, uning sabablarini o‘rganish davom etayotganini bildirgan.

 

Mazkur bayonotga javoban Adliya vazirligi tizimda hech qanday nosozlik kuzatilmaganini, u ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida ham to‘liq ishchi holatda bo‘lganini ma’lum qilgan.

 

Shundan so‘ng Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (arizachi sifatida) “PROFI UNIVERSITY” MCHJga (javobgar) nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2025-yil 29-avgustda berilgan 996228-sonli litsenziyani bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilgan.

 

Ammo 2025-yil 24-oktabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bilan vazirlikning da’vo talabi rad etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oliy ta’lim vazirligi sudda yutqazdi | Zamon.uz