Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari birgalikda daraxt ekishdi
Ko‘ksaroyda o‘tgan marosim ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning yangi bosqichini ramziy tarzda ifodaladi.

Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik hamda sherikchilikni mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga oʻzaro qatʼiy intilishning ramzi sifatida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya birgalikda Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.







