O'zbekiston

“Insoniyat sivilizatsiyasiga asos bo‘lgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” – Paragvay Prezidenti

O‘zbekistonga rasmiy tashrif doirasida Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi.

“Insoniyat sivilizatsiyasiga asos bo‘lgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” – Paragvay Prezidenti

Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov hamrohlik qildi. 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu Markaz islom sivilizatsiyasining bebaho ilmiy va maʼnaviy merosini asrash, o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga yetkazishga qaratilgan yirik tarixiy-maʼrifiy majmua hisoblanadi. 

 

Santyago Penya tashrif davomida Qurʼoni karim zaliga kirib, musulmon olamida ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Usmon Musʼhafi — Qurʼonning eng qadimiy nusxalaridan biri bilan yaqindan tanishdi. Mazkur nodir qo‘lyozmaning islom tarixi va jahon ilmiy-falsafiy taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil maʼlumot berildi.

  

Paragvay Prezidentining delegatsiya aʼzolari markazdagi “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Mehmonlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ allomalarning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqidagi maʼlumotlardan katta taassurot oldi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar va temuriylar davrlariga oid nodir qo‘lyozmalar, artefaktlar, manbalar ham namoyish etildi. 

 

Tashrif davomida davlat rahbari markazdagi 14 ta ravoq, tarixiy artefaktlar va rangtasvir asarlarini ko‘zdan kechirib, ularda aks etgan boy maʼnaviy va ilmiy merosga yuksak baho berdi. Ayniqsa, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Termiziy va Buxoriy kabi allomalarning ilmiy merosi bilan bog‘liq ekspozitsiyalar Prezident Penyada katta taassurot qoldirdi.

 

Prezident Santyago Penya shunday dedi: 

 

“O‘zbekiston tarixi haqiqatan ham beqiyos. U besh ming yillik taraqqiyotni o‘z ichiga olgan ulkan sivilizatsiyadir. Bir millatni anglash uchun uning tarixini bilish kerak, bu yerda esa tarix juda boy. Insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ilmiy va madaniy yutuqlar aynan shu zamindan kelib chiqqan. O‘zbekistonning eng katta boyligi — uning tarixiy merosi, ilmiy yutuqlari va madaniy sivilizatsiyasidir. Masalan, algebra yoki tibbiyot sohasidagi ilk mukammal ilmiy asoslar shu yurtdan kelib chiqqanini ko‘pchilik bilmaydi. Men bu tashrifdan juda ruhlandim. Paragvay O‘zbekiston bilan kelgusidagi istiqbolli hamkorlikka tayyor”.

 

 

Delegatsiya islomdan avvalgi davrlarga oid ekspozitsiyalar bilan ham tanishdi. 80 ming yillik tosh nayzalar, qadimgi Baqtriya, So‘g‘d va Xorazm sivilizatsiyalariga oid maʼlumotlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Zardushtiylik davri artefaktlari, qadimiy qo‘lyozmalar va immersiv shou-taqdimotlar yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Shundan so‘ng delegatsiya “Kongress xoll” majmuasini ko‘zdan kechirdi va tashrif “Ikkinchi Renessans” bo‘limidagi ekspozitsiyalar bilan davom etdi. Mehmonlar Amir Temur davri tarixi, o‘sha davrga oid shaxmat donalari va qadimiy Qurʼon qo‘lyozmalarini ko‘rib chiqishdi. Prezident Santyago Penya Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining amaliy samarasi ekanini alohida taʼkidlab, mamlakatimizda tarixiy merosni asrash, o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Insoniyat sivilizatsiyasiga asos bo‘lgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” – Paragvay Prezidenti | Zamon.uz