O'zbekiston

Sizda tashabbus bormi? Marhamat, “Kelajak uchun” forumida qatnashing!

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kelajak uchun” forumining asosiy hamkorlaridan biri sifatida tanlangan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun sarmoyalar ajratadi.

Sizda tashabbus bormi? Marhamat, “Kelajak uchun” forumida qatnashing!

 

Xabaringiz bormi, O‘zbekistonda soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini taʼminlash maqsadida “Kelajak uchun” forumi o‘tkazilmoqda.

 

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yana-da qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etiladi. Buning uchun masʼul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz  kraud-platformasi ishga tushirildi.

 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB “Kelajak uchun” forumining asosiy hamkorlaridan biri sifatida  forum  yakunida  tanlangan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun sarmoyalar ajratadi.

 

Forum 3 ta bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda tashabbuskorlar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarimiz mazkur kraud-platformaga kirib, One-ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 5 ta ustuvor yo‘nalishdan birini tanlab, taklif va loyihalari mazmunini yozadi. Platformada har bir fuqaro 5 tagacha tashabbus yo‘llashi hamda jamoa bo‘lib qatnashishi mumkin.

 

Ikkinchi bosqichda barcha yo‘llangan tashabbuslar ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqiladi, ularning tavsiyasi asosida takomillashtiriladi. Yakunda eng muhim deb topilgan tashabbus va g‘oyalar keyingi bosqichga o‘tadi.

 

Uchinchi bosqichda mualliflar o‘z tashabbuslarini Mentorlar kengashi ekspertlariga taqdimot qiladi. Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.

 

Forumning yakuniy bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Uning sanasi va aniq joyi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

 

G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda maʼqullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Tanlangan tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamda boshqa tijorat banklari, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladi.

 

Forumga kelib tushgan boshqa tashabbuslar davlat dasturlari, tarmoq yoki hududlar bo‘yicha "yo‘l xaritalari"ni shakllantirish uchun Hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Forum doirasida barcha jarayonlar  Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi  tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 

“Kelajak uchun” - istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni!

 

Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.

 

Ishtirok etish uchun:

www.kelajakuchun.gov.uz 

 

Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon:

(71) 203-03-08 (ichki raqam 197, 109)

(Reklama huququ asosida)

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sizda tashabbus bormi? Marhamat, “Kelajak uchun” forumida qatnashing! | Zamon.uz