Jahon

AQSh vositachiligida Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatdi

Donald Tramp tomonlar oktabrdagi tinchlik kelishuviga qaytishga tayyor ekanini bildirdi.

AQSh vositachiligida Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlari — Anutin Charnvirakul va Khun Manet bilan muzokaralar o‘tkazdi. AQSh yetakchisining ma’lum qilishicha, tomonlar 12-dekabr oqshomidan boshlab sulh tuzishga kelishib olgan.

 

Trampning ta’kidlashicha, Tailand va Kambodja oktabr oyida erishilgan tinchlik kelishuviga qaytishga tayyor. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi deydi media.az nashri.

 

“Ikki ajoyib va gullab-yashnayotgan mamlakat o‘rtasida katta urushga aylanishi mumkin bo‘lgan muammoni hal qilish uchun Anutin va Xun Manet bilan hamkorlik qilganimdan faxrlanaman”, — deb yozdi AQSh prezidenti.

 

Shuningdek, Donald Tramp Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimga mojaroni hal etish jarayonidagi vositachiligi va ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik 8-dekabr kuni Tailand armiyasi bahsli chegara hududlari bo‘ylab havo hujumlarini boshlaganidan so‘ng yana avj oldi. Tailand Qirollik armiyasi Kambodja kuchlarini 7-dekabr kuni Sisaket provinsiyasida Tailand harbiy xodimlariga hujum qilganlikda ayblagan.

 

Bunga javoban, Kambodja kuchlari kichik qurollar va raketa otish moslamalaridan foydalangan. Kambodja Mudofaa vazirligi esa, o‘z navbatida, mojaro Tailand kuchlarining hujumi bilan boshlanganini ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh vositachiligida Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatdi | Zamon.uz