O'zbekiston

Elekrton retsept tizimi nega kerak edi?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori dorilarni elektron retsept asosida sotilishining ahamiyatini tushuntirib berdi.

Elekrton retsept tizimi nega kerak edi?

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirovning ta’kidlashicha, elektron retsept tizimini joriy etish kontrafakt dori vositalari savdosining oldini olish, shuningdek, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini samarali tekshirish imkonini beradi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yildan boshlab O‘zbekistonda dori vositalari uchun maxsus raqamli markirovka tizimi joriy etilgan. Mamlakatga olib kirilayotgan barcha dori vositalari bojxonadan o‘tish jarayonida, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarining har bir upakovkasiga alohida raqamli identifikatsion kod qo‘yiladi.

 

Ushbu kodlar orqali dori vositalarining butun harakat yo‘li — ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo bo‘g‘iniga, undan dorixonalargacha bo‘lgan jarayon Soliq qo‘mitasi tomonidan onlayn tarzda nazorat qilib boriladi. Natijada qaysi dori vositasi qayerda joylashgani, qaysi dorixonada yoki ishlab chiqaruvchi omborida turganini aniq ko‘rish imkoniyati mavjud.

 

Elektron retsept tizimi joriy etilishi orqali ushbu dori vositasining qaysi bemorga berilgani ham aniqlanadi. Agar dori vositasi nojo‘ya ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, uni tekshirish va sabablarini aniqlash imkoniyati yaratiladi.

 

Shu bilan birga, kontrafakt dori vositalariga elektron retsept yozilmaydi. Bu esa bunday dori vositalarining aylanmasini cheklab, ularga bo‘lgan talabni yo‘qqa chiqaradi va bozor orqali sotilishining oldini oladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Elekrton retsept tizimi nega kerak edi? | Zamon.uz