O'zbekiston

“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan hayratda qoldi”

U O‘zbekistonni boy tarix va noyob madaniyatga ega mamlakat sifatida e’tirof etdi.

“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan hayratda qoldi”

 

“Skuderia Ferrari” jamoasining “Formula-1” chempioni Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurib, bu bino, undagi har bir boʻlim va ekspozitsiyadagi mayda detallargacha boʻlgan eʼtibor oʻziga xos chiroy va mukammallikni namoyon etganini eʼtirof etdi.

 

Sharl Lekler, “Formula-1” chempioni:

 

“Bu yerda koʻrganlarim — haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Men bugun guvoh boʻlgan manzaralarni boshqa hech qayerda uchratmaganman. Markaz ichidagi har bir detal, har bir boʻlimga berilgan eʼtibor — nihoyatda nafis va aniq maqsadli tashkillashtirilgan.

 

Men uchun yangi madaniyatlar, yangi mamlakatlar bilan tanishish doimo qiziqarli. Oʻzbekiston esa oʻzining boy, chuqur va juda jozibali tarixi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerga taklif etilganim, mamlakat haqida koʻproq bilish imkoniga ega boʻlganim men uchun katta sharaf. Buning uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

 

Bu tashabbus, menimcha, juda ulkan ahamiyatga ega. Markazni koʻrish menda juda katta taassurot qoldirdi. Men Oʻzbekistonda bir marta boʻlganman va oʻsha paytdanoq bu yurt menga juda yoqqan edi.

 

Mana, ikkinchi bor kelishim. Bu safar madaniyatni yanada yaqindan anglash, xalq va mamlakat haqida koʻproq maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.

 

Koʻrgazmalar ham juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bu yerda qoʻllanilgan texnologiyalar, materiallar va yondashuv — barchasi oʻziga xos, oʻzgacha. Markazda Oʻzbekiston tarixining yirik bir boʻlagi mujassam ekani yaqqol seziladi”, deydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Formula-1” yulduzi Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan hayratda qoldi” | Zamon.uz