O'zbekiston

O‘zbekistonda dori vositalari sohasida yirik korrupsion mexanizm mavjud — Abdulla Azizov

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori dori vositalarini elektron retsept asosida berish tartibiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi dori vositalari bozori bilan bog‘liq mavjud muammolar haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekistonda retsept asosida beriladigan dori vositalari soni 11 ming 825 tani tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Turkiyada ushbu ko‘rsatkich 11 ming 691 ta, Rossiyada esa 9 ming 112 ta dori vositasini tashkil qiladi. Qo‘shni Qozog‘istonda esa retseptura dori vositalari O‘zbekistonga nisbatan qariyb ikki baravar kam.

Abdulla Azizov alohida qayd etishicha, mamlakatga import qilinayotgan dori vositalarining yarmidan ko‘pi faqat O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilgan. Xususan, O‘zbekistonga olib kirilayotgan 7 ming 599 ta xorijiy dori vositasining 4 ming 971 tasi boshqa davlatlar reyestrlarida uchramaydi va faqat mamlakat ichki bozori uchun mo‘ljallangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 65 foizni tashkil etadi va xalqaro amaliyot bilan keskin farq qiladi. Masalan, Turkiyada faqat ichki bozor uchun ishlab chiqariladigan dorilar ulushi 2 foizdan kam.

Shuningdek, mazkur dori vositalarining katta qismi Hindistonda ishlab chiqarilayotgani qayd etildi. Xususan, faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan 4 ming 971 ta dorining 2 ming 483 tasi Hindistonga to‘g‘ri keladi. Bu dorilar na qo‘shni davlatlar bozorida, na o‘rganilgan 10 ta referent mamlakat reyestrlarida mavjud.

Bunday holat dori vositalari bilan bog‘liq salbiy va uzoq yillar davomida shakllangan mexanizmlar mavjudligidan dalolat beradi. Uning fikricha, ayrim distribyutorlar va sotuvchilar shifokorlarni muayyan dori vositalarini yozishga rag‘batlantirish orqali bu jarayonni kuchaytirib kelgan.

Abdulla Azizovning aytishicha, agentlik oldidagi asosiy vazifalardan biri faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqariladigan dori vositalari sonini keskin kamaytirish hamda mamlakatga sifatli, xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan dori vositalari importini ta’minlashdan iborat.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda dori vositalari sohasida yirik korrupsion mexanizm mavjud — Abdulla Azizov | Zamon.uz