Sanksiyalarga tushgan “LUKOIL” ga nisbatan O‘zbekiston qanday yo‘l tutmoqchi?
Joriy yilning oktyabr oyida AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning yirik neft kompaniyalaridan biri “LUKOIL” ga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

O‘zbekiston hukumati Rossiyaning “LUKOIL”ga nisbatan kiritilgan sanksiyalar masalasida AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni boshqarmasi bilan ishlamoqda. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
Majlisda deputat vazirdan “LIUKOIL”ga kiritilgan sanksiyalar O‘zbekistondagi loyihalarga qanday ta’sir qilishi va sanksiyalarning joriy etilishi O‘zbekiston yoqilg‘I energetika sohasiga ham ta’sir qilish yoki qilmasligini so‘ragn.
“Biz xalqaro normalarga, sanksiya rejimiga to‘liq rioya qilgan OFAC — AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi bilan bevosita ishlab turibmiz. Xalqaro huquqshunos jalb qilingan, “LUKOIL” masalasida ham birga ishlayapmiz”, - dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Joriy yilning oktyabr oyida AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning yirik neft kompaniyalaridan biri “LUKOIL” ga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya ham cheklovlar joriy qilgan edi.
Qo‘shma Shatatlar kompaniyaga operatsiyalarini yakunlash uchun bir oy muddat bergan edi. LUKOIL shu vaqtda o‘zining xalqaro aktivlarini sotish rejasini ma’lum qildi.
Avvalroq Shveysariyaning Gunvor Group treyderi «LUKOIL International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklif bergan, ammo 7-noyabr kuni kompaniya bu rejadan voz kechganini ma’lum qildi. Bu qaror AQSH Moliya vazirligi Gunvor’ni Rossiya bilan aloqalar haqida ogohlantirganidan keyin qabul qilingan.
Avvalroq Yaqinda AQSH Moliya vazirligi Amerikaning yangi sanksiyalar paketiga “LUKOIL” va uning sho‘ba tuzilmalarini kiritdi. Qo‘shma Shtatlar “LUKOIL” va uning 50 foizi va undan ko‘p ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalari bilan operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Shundan so‘ng, “LUKOIL” cheklov choralari joriy etilishi munosabati bilan o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
30-oktabr kuni “LUKOIL” “Gunvor Group” xalqaro neft treyding kompaniyasidan Rossiya kompaniyasining xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi “LUKOIL” “International GmbH” kompaniyasini sotib olish bo‘yicha taklif olganini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, Shvetsariyaning “Gunvor Group” xomashyo treyderiga rossiyalik oligarx Gennadiy Timchenko va uning shvetsiyalik hamkori Torbern Ternkvist asos solgan.
Biroq, 7-noyabr kuni Gunvor o‘z taklifini qaytarib olishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu bayonotni AQSH Moliya vazirligi uning Rossiya bilan aloqalari haqida xabar berganidan va Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Gunvor biznes yuritish uchun litsenziya olmasligi to‘g‘risida ogohlantirganidan so‘ng berdi.
“LUKOIL” 11 mamlakatda, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi AYOQSH tarmog‘i, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Misr, BAA, shuningdek, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neft qazib olish loyihalari kabi aktivlarga egalik qiladi.
“LUKOIL” bugun 11 mamlakatda — Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida — neftni qayta ishlash, yoqilg‘i savdosi va qazib olish loyihalariga egalik qiladi. O‘zbekistondagi loyihalar ham ushbu global zanjirning bir qismi hisoblanadi.







