Jahon

Tramp bayonotiga qaramay, Tailand–Kambodja chegarasida to‘qnashuvlar davom etmoqda

Tomonlar AQSh prezidenti bayonotini hozircha rasman tasdiqlamadi.

Tramp bayonotiga qaramay, Tailand–Kambodja chegarasida to‘qnashuvlar davom etmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja o‘rtasida sulhga erishilganini e’lon qilganiga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar to‘xtamadi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Report xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Tramp tomonlar uning vositachiligida sulh bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan. Biroq Tailand va Kambodja rasmiylari ushbu bayonotni hozircha tasdiqlamagan.

 

Kambodja Axborot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tailand qurolli kuchlari bahsli chegara hududlarida harbiy harakatlarni, jumladan, qiruvchi samolyotlar orqali zarbalar berishni davom ettirgan. Rasmiylarga ko‘ra, portlashlar sulh e’lon qilinganidan keyin ham qayd etilgan.

 

O‘z navbatida, Tailand harbiylari Kambodjani xalqaro huquq normalarini buzishda ayblab, tinch aholi punktlariga hujumlar uyushtirilayotganini hamda Tailand nazorati ostidagi hududlarga minalar o‘rnatilayotganini ma’lum qildi.

 

Vaziyat mintaqada keskinligicha qolmoqda, tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshi ayblovlar esa davom etmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tramp bayonotiga qaramay, Tailand–Kambodja chegarasida to‘qnashuvlar davom etmoqda | Zamon.uz