O'zbekiston

Toshkentda 10 kun ichida yo‘l haqini to‘lamagan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi

Poytaxtda jamoat transportida to‘lov intizomini nazorat qilish reydlari kuchaytirildi.

Toshkentda 10 kun ichida yo‘l haqini to‘lamagan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi

 


Toshkent shahrida atigi 10 kun davomida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamagan qariyb 3 ming nafar yo‘lovchi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.


Vazirlikka ko‘ra, yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanish holatlarini aniqlash maqsadida maxsus inspektorlar ishtirokida reyd tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda. Nazorat tadbirlari avtobus, metrobus va boshqa jamoat transporti turlarini qamrab olgan.


Transport vazirligi fuqarolarni belgilangan tartibga rioya qilishga chaqirib, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash jamoat transporti tizimini barqaror ishlashi va xizmat sifati oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi. Reydlar kelgusida ham davom ettirilishi maʼlum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda 10 kun ichida yo‘l haqini to‘lamagan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi | Zamon.uz