Jahon

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda

Ukraina prezidenti bu taklifni butunlay rad etmagan va Vashingtondan to‘liqroq ma’lumot berishni so‘ragan.

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda

 

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan tinchlik tashabbusini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etmasdan, uni Ukraina uchun maqbul shaklda qayta ko‘rib chiqishga harakat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.


Nashrga ko‘ra, Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan Ukrainada saylovlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, u Zaporijjya atom elektr stansiyasi masalasida murosaga borish mumkinligini, biroq obyekt Ukraina va AQSh nazorati ostida bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Ukraina armiyasi soniga cheklov qo‘yilishi mumkin, ammo u hozirgi darajadan past bo‘lmasligi kerak.


AQSh tomoni Donbassning Ukraina nazoratida qolayotgan qismini qurolsizlantirilgan yoki erkin iqtisodiy hududga aylantirishni taklif qilgan. Biroq Zelenskiy bu rejada xavfsizlik kafolatlari yetarli emasligini qayd etib, agar Ukraina hududdan qo‘shinlarini olib chiqsa, Rossiya kuchlarining qayta kirib kelishiga nima to‘sqinlik qilishi masalasida Vashingtondan batafsil tushuntirish so‘ragan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda | Zamon.uz