O'zbekiston

Jizzaxda ayol eri bilan birga yashab, undan aliment talab qildi

Otaning aliment bo‘yicha 10 million so‘mdan oshiq qarzi bo‘lgan.

Jizzaxda ayol eri bilan birga yashab, undan aliment talab qildi

Jizzax viloyatining Forish tumanida ayol alimentdan qarzdor eri bilan birga yashayotganligi maʼlum bo‘ldi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz‘ga xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Forish tumani bo‘limi tomonidan farzandlar taʼminoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisi huzuriga kelmasdan yurgan X.D.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida X.D. Jizzax shahri, “Olmozor siti” hududida aliment undiruvchi bilan birga yashab kelayotgani aniqlangan.

 

Qidiruvda bo‘lgan shaxs topilib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun Byuroning Forish tumani bo‘limi davlat ijrochisiga topshirilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, X.D.ning aliment bo‘yicha qarzi 10 million so‘mdan oshgan.

 

Undiruvchiga nega qarzdor bilan birga yashab turib, bu holatni yashirgani so‘ralganda, u qarzdorning qamalishini istamasligi, aliment mablag‘lari qamoqqa olmasdan undirib berilishini xohlaganini bildirgan.

 

Hozirda qarzdorga nisbatan qonunda belgilangan tartibda keyingi ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda ayol eri bilan birga yashab, undan aliment talab qildi | Zamon.uz