O'zbekiston

O‘zbekiston Jenevada ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish tajribasini taqdim etmoqda

Global forum doirasida O‘zbekistonning fuqarosizlikni qisqartirish, inson huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlari muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish tajribasini taqdim etmoqda

 


15–17-dekabr kunlari Jeneva shahrida 2025-yilgi Qochqinlar bo‘yicha global forum taraqqiyoti sharhiga bag‘ishlangan yuqori mansabdor shaxslarning ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Tadbir BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan Shveytsariya Konfederatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.


Forum doirasida O‘zbekiston ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish borasidagi milliy tajribasi va erishilgan natijalarni taqdim etmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga mos ravishda huquqiy baza izchil mustahkamlanayotgani, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari kafolatlangani ta’kidlanmoqda. #IBelong global kampaniyasi doirasida 85 ming nafardan ortiq shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lib, mamlakat Markaziy Osiyoda fuqarosizlikni kamaytirish bo‘yicha eng barqaror natijalardan biriga erishdi.


Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistondagi insonparvarlik inqirozi sharoitida BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Termizdagi mintaqaviy logistika markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, zarur yordamlarni tezkor yetkazishga hissa qo‘shgani qayd etildi. Forum davomida qochqinlar va ularni qabul qiluvchi davlatlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or tajribalar almashish masalalari muhokama qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

2027-yilda Rossiya va O‘zbekistonda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘zaro madaniyat kunlari o‘tkaziladi.

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Suv namunalari laboratoriyalarda tekshirilib, belgilangan me’yorlarga mosligi aniqlangan.