O'zbekiston

Toshkentdagi qurilish ishlari havo ifloslanishining 6 foizini tashkil etadi

Qurilish vaziri poytaxtdagi havo ifloslanishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Toshkentdagi qurilish ishlari havo ifloslanishining 6 foizini tashkil etadi

 

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Jahon banki mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda, Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari zarrachalar bilan havo ifloslanishining 6 foiziga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

 

Mazkur ma’lumot poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan ham tasdiqlangan.

 

Vazirning ta’kidlashicha, mutaxassislar qurilish loyihalarining atrof-muhitga salbiy ta’siri 6 foizni tashkil etishini aniqlagan. Ushbu ko‘rsatkichni nol darajaga tushirish maqsadida aniq harakatlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar allaqachon boshlangan.

 

Sherzod Hidoyatov so‘nggi oylarda Toshkent shahridagi qurilish jarayonlariga qo‘yiladigan ekologik xavfsizlik talablari sezilarli darajada kuchaytirilganini qayd etdi. Xususan, yirik qurilish maydonlarida maxsus suv purkagichlar va chang yig‘ish moslamalaridan foydalanish majburiy etib belgilangan. Ushbu uskunalarning o‘rnatilishi va samarali ishlashi tegishli idoralar tomonidan qat’iy nazorat qilinmoqda.

 

Shahar bo‘ylab chang tarqalishini kamaytirish maqsadida qurilish loyihalarini shamol yo‘nalishini inobatga olgan holda rejalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qurilish kompaniyalari belgilangan standartlarga qat’iy rioya etishi shartligi, mas’ul idoralar esa vaziyatni doimiy monitoring qilib borishi va qoidabuzarliklarga tezkor choralar ko‘rishi ta’kidlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentdagi qurilish ishlari havo ifloslanishining 6 foizini tashkil etadi | Zamon.uz