Jahon

Zelenskiy NATO aʼzoligidan voz kechish shartlarini eʼlon qildi

U nafaqat AQSH, balki Yevropa, Kanada, Yaponiya va boshqa davlatlardan xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda.

Zelenskiy NATO aʼzoligidan voz kechish shartlarini eʼlon qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Yevropadan xavfsizlik kafolatlari evaziga NATOga aʼzolik talablaridan voz kechishga tayyorligini eʼlon qildi, deb xabar beradi The Financial Times.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, bu masala NATOning 5-moddasiga o‘xshash kollektiv xavfsizlik kafolatlariga bog‘liq. Ukraina nafaqat Qo‘shma Shtatlardan, balki Yevropa hamkorlari, Kanada, Yaponiya va boshqa davlatlardan ham xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda.

 

“Biz Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, Yevropalik hamkorlarimiz va boshqa davlatlardan xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqdamiz. Har qanday tinchlik rejasi murosalar evaziga amalga oshiriladi”, – dedi Zelenskiy.

 

NATOning 5-moddasiga ko‘ra, blok aʼzosiga qilingan hujum butun ittifoqga qilingan hujum sifatida qaraladi. Zelenskiy taʼkidlaganidek, Ukraina hali ham Vashington va Yevropa yetakchilari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng taqdim etilgan tinchlik rejasi bo‘yicha javobni kutmoqda.

 

Ukraina 2022 yilda NATOga tezkor aʼzolik uchun ariza topshirgan, biroq 2025 yil dekabr boshida NATO bosh kotibi Mark Rutte ittifoq aʼzolari o‘rtasida kelishuv yo‘qligini bildirgan. Shu bilan birga, Ukraina va AQSH delegatsiyalari muhokama qilayotgan tinchlik rejasida NATO Xartiyasining 5-moddasi asosida qo‘shimcha kafolatlar mavjud.

 

AQSH maʼmuriyati Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyorligini bildirgan, shuningdek, Ukraina hududining 80 foizini saqlab qolish va qayta qurish ishlariga yordam ko‘rsatish ham nazarda tutilgan. Ushbu shartlar 15 dekabr kuni Berlinda AQSH prezidentining elchilari va Ukraina delegatsiyasi ishtirokida muhokama qilinadi.

 

Rossiya Ukraina NATOga aʼzolikdan voz kechishi tarafdori ekanligini bildirgan. Prezident Vladimir Putin har bir mamlakat o‘z mudofaa siyosatini belgilash huquqiga ega ekanligini taʼkidlagan, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Moskva Kiyev bilan faqat ishonchli xavfsizlik kafolatlari asosida muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy NATO aʼzoligidan voz kechish shartlarini eʼlon qildi | Zamon.uz