O'zbekiston

Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini yordamlashgan

Xodim avval jasadni mashinasiga yuklab, hodisa joyidan uzoqroq dala chetiga olib ketgan va turmush o‘rtog‘ini chaqirgan.

Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini yordamlashgan

 

Avvalroq 11-dekabr kuni Bekobodda IIB xodimi mashinada 43 yoshli odamni urib o‘ldirgani va jasadni Sirdaryoga tashlagani haqida xabar berilgan edi.

 

Kun.uzning ma'lum qilishicha, hodisa Bekobod shahar IIB katta tezkor vakili D.N. tomonidan sodir etilgan bo‘lib, u mashinani mast holda boshqargan.

 

D.N. avval B.U.ni Nexia mashinasiga yuklab, hodisa joyidan uzoqroq dala chetiga olib ketgan va turmush o‘rtog‘i Z.N.ni chaqirgan. Z.N. Matiz mashinasida kelib, jasadni Nexia’dan Matiz’ga o‘tkazib, Bekobod shahar yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, uni hodisa joyidan 35 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga tashlagan.

 

B.U. o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi sababli vafot etgan. Hozirda marhumning jasadi topilishi uchun tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

 

D.N. 12-dekabr kuni qo‘lga olingan va sud qarori bilan unga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. D.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ma’lumotlarga ko'ra, Z.N.ni ishga aloqadorligi uning mashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgach aniq bo‘lgan va hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan.

 

Hozirda barcha tezkor qidiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini yordamlashgan | Zamon.uz