Jahon

Ilon Mask 600 milliard dollarlik boylikka ega tarixdagi birinchi odam bo‘ldi

Mask 2021-yildan buyon dunyoning eng boy shaxsi bo‘lib kelmoqda va Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirgan.

Ilon Mask 600 milliard dollarlik boylikka ega tarixdagi birinchi odam bo‘ldi

 

Forbes jurnalining xabar berishicha, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask tarixda sof boyligi 600 milliard dollarga yetgan birinchi shaxs sifatida tarixga kirdi. Ushbu rekord, shuningdek, Maskni dunyodagi birinchi trillioner bo‘lish sari yana bir qadam yaqinlashtirdi.

 

SpaceX 2026 yilda rejalashtirilgan IPOdan oldin kompaniyaning qiymatini 800 milliard dollarga baholadi. Bloomberg agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu baholash tarixdagi eng yirik aksiyalar takliflaridan biri bo‘lishi mumkin. SpaseX‘dagi 42 foizlik ulushi orqali Maskning sof boyligi taxminan 168 milliard dollarga oshdi va umumiy qiymati 677 milliard dollarni tashkil qildi.

 

Bundan tashqari, Maskning Tesla‘dagi 12 foizlik ulushi 197 milliard dollarga baholangan, xAI Holdings kompaniyasi esa 230 milliard dollarlik yangi investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Mask kompaniyalarni tashkil qilgan paytdagi qiymati bilan solishtirilganda, bu ikki barobar o‘sishni anglatadi.

 

2024 yilda Informa Connect Academy tahlil guruhi Maskning 2027 yilga kelib dunyoning birinchi trillioneriga aylanishi mumkinligini bashorat qilgan edi. Mutaxassislar bu prognozni Maskning sof boyligi yiliga o‘rtacha 110 foiz o‘sish surʼatiga asoslashgan. Mask 2021 yilda Forbes ro‘yxatida dunyoning eng boy shaxsi sifatida birinchi o‘rinni egallab, Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirgandi. O‘sha paytdagi sof boyligi 271,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

custom img

Tramp Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga taklif qilinmadi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi AQSh prezidentining paradga taklif etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Eron mojarosi 30 milliondan ortiq odamni qashshoqlikka tushirishi mumkin — BMT

Urush oqibatlari 160 mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp Eronni “rahm-shafqat so‘rashga” chaqirdi

AQSh prezidenti Eronni muzokara va taslim bo‘lishga undab, uning iqtisodiy holatini “o‘lik” deb ta’rifladi.

custom img

Zelenskiy Rossiyaning sulh taklifiga munosabat bildirdi

9-may arafasidagi sulh taklifi Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ilgari surilgan.

custom img

Moskvada 9-may arafasida mobil aloqa cheklanadi

SMS yuborish xizmatlari va hatto cheklovlar vaqtida ishlashi kerak bo‘lgan maxsus internet resurslar faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"