Jahon

Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklovchi qonunni imzoladi

Yangi qonunga ko‘ra, ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar faqat cheklangan miqdorda ijtimoiy xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.

Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklovchi qonunni imzoladi

 

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqador shaxslarning moliyaviy operatsiyalarini qatʼiy nazorat qilishni nazarda tutuvchi yangi qonunni imzoladi. Ushbu hujjat bunday shaxslarning pul mablag‘lari va mol-mulkidan foydalanish tartibini sezilarli darajada cheklaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Yangi qonunga muvofiq, ekstremist va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga faqat o‘z ehtiyojlari hamda ular bilan birga yashovchi, daromad manbayiga ega bo‘lmagan oila aʼzolarini taʼminlash maqsadida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunday xarajatlarga ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni olish hamda ulardan foydalanish kiradi.

 

Shu bilan birga, oila aʼzolari uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdori cheklangan. Hukumat Rossiya Markaziy banki bilan kelishilgan holda, har bir oila aʼzosi uchun oyiga 10 ming rubldan oshmagan limit belgiladi.

 

Qonunga ko‘ra, bunday moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan avval fuqarolar Rosfinmonitoring bilan majburiy tartibda kelishuvdan o‘tishi lozim. Buning uchun rejalashtirilayotgan operatsiyalar, ular o‘tkaziladigan banklar va hisob raqamlari ko‘rsatilgan ariza taqdim etilishi talab etiladi.

 

Mablag‘lari muzlatilgan shaxslar gumanitar maqsadlarda beriladigan oylik nafaqalarni olish va sarflash bilan bir qatorda, soliq, jarima hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq bunday to‘lovlar faqat Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyaga batafsil maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan ariza topshirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.

 

Agar bank hisob raqamlari orqali operatsiyalarni amalga oshirishning imkonsizligi asoslab berilsa, vakolatli organlar tomonidan shaxs foydalanishi mumkin bo‘lgan hisob raqamlari soni cheklanishi yoki umuman hisob raqamisiz amalga oshiriladigan operatsiyalar taqiqlanishi mumkin.

 

Qonunda, shuningdek, ekstremizm, qo‘poruvchilik yoki terrorizmga aloqadorlikda gumon qilinayotgan hamda qidiruvda bo‘lgan shaxslarning moliyaviy operatsiyalarini to‘liq to‘xtatib qo‘yish tartibi belgilandi. Rosfinmonitoring rasmiy veb-saytida shaxs ro‘yxatga kiritilganligi haqidagi maʼlumot eʼlon qilinganidan keyin 24 soat ichida uning mol-mulki muzlatilishi shart.

 

Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarida qayd etilgan shaxslarga nisbatan pul mablag‘lari va boshqa mulklarni muzlatish choralari oldindan xabardor qilinmasdan qo‘llanilishi belgilandi.

 

Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin ekstremizmga aloqador shaxslarning mablag‘larini cheklovchi qonunni imzoladi | Zamon.uz