O'zbekiston

Euronews va CNN “Maʼrifat aks-sadosi” ni taqdim etmoqda: zamonaviy dunyoni tasavvur qilish uchun muhim boʻlgan oʻn shaxs

Euronews va CNN telekanallari xalqaro “Maʼrifat aks-sadosi” loyihasi doirasida Oʻzbekistonning oʻn nafar buyuk shaxsiyatiga bagʻishlangan videoroliklar turkumining boʻlajak namoyishini eʼlon qildi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha hikoyachisi sifatida «Oskar» mukofoti sohibi, jahonga mashhur aktyor Ben Kingsli ishtirok etmoqda. Uning ovozi loyihaga xalqaro mazmun bagʻishlab, murakkab tarixiy va ilmiy mavzularni keng jahon auditoriyasi uchun tushunarli qiladi. 

Loyiha qahramonlari — Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod va Zahiriddin Muhammad Bobur — matematika, tibbiyot, astronomiya, falsafa, sanʼat va davlatchilik tafakkuri rivojini ularsiz tasavvur etib boʻlmaydigan oʻnta ulugʻ shaxslardir.

Loyiha Markaziy Osiyoning intellektual merosini jahon madaniy-ilmiy makoniga qayta olib kirib, zamonaviy sivilizatsiyaning koʻplab fundamental gʻoyalari Yevropa universitetlari paydo boʻlishidan ancha oldin — Buyuk Ipak yoʻli madaniy chorrahalarida shakllanganini eslatadi.

— “Maʼrifat aks-sadosi” loyihasi — oʻtmish haqidagi hikoya emas, balki kelajak bilan maʼnoli muloqot. Bizning vazifamiz — Markaziy Osiyo zaminida shakllangan, jahon ilmi, madaniyati va inson tafakkuri taraqqiyotiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan sivilizatsiyalarni, shaxsiyatlar va kashfiyotlarni dunyoga qaytarish. Ushbu loyihani amalga oshirish Davlat rahbari topshiriqlariga muvofiq belgilangan vazifalarni bajarishdagi yana bir muhim qadamdir, — dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Euronews va CNN “Maʼrifat aks-sadosi” ni taqdim etmoqda: zamonaviy dunyoni tasavvur qilish uchun muhim boʻlgan oʻn shaxs | Zamon.uz