Jahon

Rossiya Moskvada 10 yoshli bolaning o‘ldirilishi bo‘yicha va nihoyat munosabat berdi

Avvalroq Rossiya elchisi avvalroq Tojikiston TIVga chaqirilgan edi.

Rossiya Moskvada 10 yoshli bolaning o‘ldirilishi bo‘yicha va nihoyat munosabat berdi

 

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida Moskva viloyatining Odintsovo shahar okrugiga qarashli Gorki-2 qishlog‘idagi ta’lim muassasasida pichoq bilan sodir etilgan hujum muhokama qilindi.

 

Rossiya Xavfsizlik kengashi rasmiy veb-saytida ma’lum qilinishicha, suhbat 17-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan.

 

Suhbat davomida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqeaning barcha holatlarini xolis va to‘liq o‘rganish uchun zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

 

Avvalroq, Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigoryev Odintsovo maktabidagi fojia munosabati bilan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi. Unga boshlang‘ich sinf o‘quvchisining halok bo‘lishi bilan bog‘liq holda rasmiy nota topshirilib, hodisa bo‘yicha zudlik bilan va xolis tergov o‘tkazish hamda aybdorlarni qonun doirasida javobgarlikka tortish talabi bildirilgan.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tojikistonga va Moskva viloyatining Odintsovo shahridagi maktabda vafot etgan bolaning oilasiga hamdardlik bildiradi. Bu haqda vazirlik vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.

 

“Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tojik tomoniga, marhumlarning oilalariga va hujumda jarohat olganlarga chuqur hamdardlik bildiradi. Rossiya Tojikiston Respublikasi bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida mavjud boʻlgan oʻzaro qoʻllab-quvvatlash tamoyiliga amal qiladi”, deb taʼkidladi diplomat.

 

Mariya Zaxarovaning so'zlariga ko'ra, Tashqi ishlar vazirligi fojianing barcha holatlarini aniqlash va tergov o'tkazish uchun Moskvadagi Tojikiston elchixonasiga zudlik bilan yordam taklif qildi. U Rossiya tomoni tergovning xolisligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishini ta'kidladi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yil 16-dekabr kuni Odintsovo shahar okrugidagi maktablardan birida pichoq bilan hujum sodir etilib, 15 yoshli o‘smir tomonidan bir nafar bola halok bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya Moskvada 10 yoshli bolaning o‘ldirilishi bo‘yicha va nihoyat munosabat berdi | Zamon.uz